Asosiy sahifa
Yangiliklar
Tikuv mashinkan...

Tikuv mashinkani moyini qancha vaqtda almashtirish kerak va qanaqa moylar quyiladi?

Mashinkangiz uzoq xizmat qilishi uchun uni muntazam moylab turing — ushbu mavzuda e’tiborsizlik oqibatlari haqida batafsil maqola tayyorladik

16 kun oldin chop etilgan
new-img

Tikuv mashinasining barqaror ishlashi, tikuv sifati va mexanizmlarning uzoq xizmat qilishi bevosita to‘g‘ri moylashga bog‘liq. Vaqtida almashtirilmagan yoki noto‘g‘ri tanlangan moy mashinaning qizib ketishi, shovqin chiqarishi va tez ishdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada tikuv mashinasiga qanday moy quyish mumkinligi va moyni qanchada almashtirish kerakligi haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Tikuv sexlari va fabrikalarda qachon moyni almashtirish kerak?

  • Moyni almashtirish va foydasi:

    Moyni har 3 oyda bir marta almashtirish mexanizmlarning tez yeyilishini kamaytiradi va mashinaning barqaror ishlashini ta’minlaydi.

  • Tikuv mashinalarining barqaror ishlashi:

    Tikuv mashinalari doimiy va katta tezlik bilan ishlaydi, shuning uchun mexanizmlarning himoya qilinishi va silliq ishlashi uchun to‘g‘ri moylash muhim!

  • Ishlab chiqarish va qo‘shimcha foyda:

    Vaqtida moylash to‘xtalishlarning oldini oladi, ishchilar uchun qulaylik yaratadi va mashinalarning uzoq muddat xizmat qilishiga yordam beradi.

Atele va uy sharoitida moyni qachon almashtirish kerak?

  1. Agar tikuv mashinasi atele yoki uy sharoitida kamroq ishlatilsa, moyni qat’iy vaqt oralig‘iga bog‘lab almashtirish shart emas. Bunday holatda moy holatini kuzatish orqali almashtirish tavsiya etiladi. Quyidagi belgilar paydo bo‘lsa, moyni almashtirish yoki to‘ldirish zarur:

  2. Mashina ichiga chang tushib, moy sifati yomonlashganda.
    Vaqt o‘tishi bilan moyga chang aralashadi, bu uning moylash xususiyatini pasaytirib, mexanizmlarning silliq ishlashiga to‘sqinlik qiladi.

  3. Moy rangining sariq yoki qizg‘ish tusga o‘zgarishi.
    Sifatli moy rangsiz bo‘ladi. Rang o‘zgarishi moyning eskirgani yoki ifloslanganidan dalolat beradi va mexanizmlarni yetarli darajada himoya qila olmaydi.

  4. Moy miqdori me’yoridan kamayganda.
    Moy darajasi past bo‘lsa, mexanizmlar quruq ishlay boshlaydi. Bunday holatda moyni me’yorigacha to‘ldirish tavsiya etiladi, ammo moy juda iflos bo‘lsa, uni to‘liq almashtirish maqsadga muvofiq.

Shu bois moylashga yetarlicha e’tibor bermaslik katta muammolarga olib kelishi mumkin.

Moy vaqtida almashtirilmasa nima bo‘ladi?

Tikuv mashinasida moyni vaqtida almashtirmaslik yoki sifatsiz moydan foydalanish jiddiy texnik muammolarga olib keladi. Xususan:

  • Igna va ichki mexanizmlarning tez yeyilishi.
    Eskirgan yoki iflos moy ishqalanishni kamaytira olmaydi. Natijada igna, val, podshipnik va boshqa harakatlanuvchi qismlar bir-biriga ishqalangan holda tez yeyila boshlaydi va mashinaning umumiy xizmat muddati qisqaradi.

  • Ip uzilishi va tikuv sifatining pasayishi.
    Mexanizmlar silliq ishlamaganligi sababli igna yurishi buziladi. Bu esa ipning tez-tez uzilishiga, choklarning notekis chiqishiga va mahsulot sifatining pasayishiga olib keladi.

  • Mashinaning qizib ketishi va shovqin bilan ishlashi.
    Moy o‘z vazifasini bajarmaganda detallar orasidagi ishqalanish kuchayadi. Natijada mashina qizib ketadi, g‘alati shovqinlar paydo bo‘ladi va yuqori tezlikda ishlash xavfli bo‘lib qoladi.

  • Qimmat ta’mirlash va ishlab chiqarishdagi to‘xtalishlar.
    Vaqtida moy almashtirilmagani kichik muammo bo‘lib ko‘rinsa-da, oxir-oqibat katta nosozliklarga sabab bo‘ladi. Bu esa ehtiyot qismlarni almashtirish, ustaga murojaat qilish va ishlab chiqarish jarayonining to‘xtab qolishi bilan yakunlanadi.

Tikuv mashinasi uchun qaysi moylar mos?

Tikuv mashinalari uchun tavsiya etiladigan moylar:

  • rangsiz va hidsiz

  • yopishqoqligi deyarli bo'lmagan

  • igna va mexanizmlarni himoya qilishi

Shuningdek, Sifatli moylarni JACKning O’zbekiston bo’ylab barcha dillerlik do’konlaridan xarid qilishingiz mumkin.

O’xshash xabarlar

Maslahat uchun biz bilan bog'laning
Uzbekistan
Toshkent sh., Yakkasaroy t., Qushbegi koʻchasi 26
logo
@JACK 2025. Barcha huquqlar himoyalangan
Maxfiylik siyosati
Foydalanish shartlari
Tikuv mashinkani moyini qancha vaqtda almashtirish kerak va qanaqa moylar quyiladi?