Asosiy sahifa
Yangiliklar
Ip nega tez-tez...

Ip nega tez-tez uziladi | Arzon igna va qimmat igna farqi nimada?

Arzon va sifatli iplar hamda ignalar o‘rtasidagi farqlar, afzallik va kamchiliklari batafsil yoritildi!

22 kun oldin chop etilgan
new-img

Tikuv jarayonida ipning tez-tez uzilishi yoki ignaning qiyshayishi va sinib ketishi ko‘pchilik tikuvchilarda duch keladigan keng tarqalgan muammolardan biridir. Aksariyat hollarda tikuvchilar hamda fabrika egalari bu holat mashinka nosozligi deb o‘ylaydi, aksincha muammoning asosiy sababi  sifatsiz ip yoki arzon igna sababli kelib chiqadi. Ushbu ma’lumot orqali ip nega uzilishi, igna nega qiyshayishi va arzon hamda sifatli ignalar o‘rtasidagi asosiy farqlarni batafsil ko‘rib chiqamiz.

Ip nega tez uziladi?

Ip uzilishining asosiy sabablari ko‘pincha igna va ip sifati bilan bog‘liq bo‘ladi:

  1. Sifatsiz igna – uchi va ko‘zi silliq bo‘lmagani uchun ipni ishqalaydi.

  2. Matoga mos kelmagan igna – ip qattiq siqilib uziladi.

  3. Eskirgan igna – ko‘z qismi shikastlanib, ip erkin o‘tmaydi yoki aksincha.

  4. Arzon ip – mustahkamligi yuqori bo‘lmaydi, tez qizib uziladi.

Igna nega qiyshayadi yoki sinib ketadi?

Asosiy 3 ta sababi:

  • Arzon ignalarda metall elastikligi past bo‘ladi.

  • Yuqori tezlikda ishlaganda sifatsiz igna egiladi.

  • Qalin va ko‘p qatlamli joylardan o‘tilganda igna bardosh bermaydi.

  • Arzon ip va ignalar tikuv sifatiga ta’siri

Arzon ip va arzon igna har ikkalasi bir vaqtda ishlaganda muammolar yanada ko‘payadi:

  • ip tez-tez uziladi

  • chok notekis chiqadi

  • igna qiyshayadi

  • mashinka sozlamasi tez buziladi

Arzon igna va sifatli igna o‘rtasidagi farq

Arzon (sifatsiz) ignalar: - Metall sifati past – Tez qizib ketadi, qiyshayadi va sinadi – chok tashlab tikadi - Ip uzilishiga sabab bo‘ladi - Xizmat muddati qisqa - Chok sifati barqaror emas

Sifatli (qimmat) ignalar: - Maxsus qotishma metall - Issiqqa va bosimga chidamli – Ip o’tuvchi qismi 0 darajada silliqlangan- Uzoq muddat xizmat qiladi - Chok sifatini barqaror yaxshilaydi

Matoga mos igna tanlash

  1. Yupqa matolar uchun: mos o‘lchamdagi yupqa va silliq uchli ignalar

  2. Qalin va zich matolar uchun: kuchaytirilgan va issiqqa chidamli ignalar

  3. Yuqori tezlikda ishlash uchun: faqat sifatli, original ignalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Orginal igna tanlashda ikkilanayotgan bo’lsangiz

JACK sizga Groz-Beckert va Organ ignalarini tavsiya qiladi!

O’xshash xabarlar

Maslahat uchun biz bilan bog'laning
Uzbekistan
Toshkent sh., Yakkasaroy t., Qushbegi koʻchasi 26
logo
@JACK 2025. Barcha huquqlar himoyalangan
Maxfiylik siyosati
Foydalanish shartlari
Ip nega tez-tez uziladi | Arzon igna va qimmat igna farqi nimada?