Asosiy sahifa
Yangiliklar
JACK – global y...

JACK – global yetakchi va zamonaviy sanoat tikuv mashinalari jamlanmasi

JACK Kompaniyasi dunyo bo‘ylab yetakchi tikuv mashinalari ishlab chiqaruvchi, avtomatlashtirilgan va aqilli tizim bilan mijozlarni ta’minlaydi.

44 kun oldin chop etilgan
new-img

Biz haqimizda

JACK - Xitoyning Shanxay yaqinidagi Taychjou shahrida joylashgan, 1995-yilda tashkil etilgan va tikuv mashinalarini ishlab chiqarish va rivojlantirishga ixtisoslashgan hisoblanadi.

Tikuv mashinalari — yengil va og‘ir turdagi kiyim ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan jumladan: to‘g‘ri chok, overlok, zigzag, ustunli platforma, shablonli va maxsus modellar, shuningdek motor hamda aksessuarlar. Barcha uskunalar sensorli ekran va ovozli yo‘riqnoma funksiyasi bilan jihozlangan, ushbu mashinkalar yordamida siz nafaqat ish vaqtni balki samaradorlikni ham oshirasiz!

Avtomatlashtirish — malakali ishchi kuchi yetishmasligi sababli raqobatchilaridan orqada qolib ketishmoqda bunga sabab zamonaviy uskunalar hamda zamodaviy modellar shu sababdan ham JACK tobora ko‘proq avtomatik modellalarni ishlab chiqmoqda.

Kesish bo‘yicha yechim — ''CUTTER'' mato bichadigan mashinkasi tikuv fabrikalari uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, yuqori samaradorlik, maksimal aniqlik va tezkor ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydi.
JACK Germaniyaning kesish sohasida tarixiy yetakchi bo‘lgan BULLMER kompaniyasining egasi hisoblanadi.

Ko‘ylaklar bo‘yicha yechim — JACK avtomatlashtirilgan ko‘ylak ishlab chiqarish sohasida yetakchi bo‘lgan Italiyaning MAICA kompaniyasining egasidir.
Bu mashinalar modulli dizaynga, tejamkor vakuum pozitsiya tizimiga va sensorli ekranlardagi boshqaruvga ega bo‘lib, turli o‘lchamdagi va turdagi ko‘ylaklar uchun moslashtirilishi mumkin — bu esa ishlab chiqarishni yanada samarali va moslashuvchan qiladi.

Shim — JACK avtomatlashtirilgan shim ishlab chiqarish sohasida yetakchi bo‘lgan Italiyaning VIBEMAC kompaniyasining egasidir.
VIBEMAC — Italiya muhandislik an’analari asosida yaratilgan bo‘lib, shim (ayniqsa jinsi va klassik shimlar) ishlab chiqarish uchun yuqori aniqlikdagi, maxsus va avtomatlashtirilgan tikuv uskunalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lib, global bozorda sifat va innovatsiya ramzi sifatida tanilgan.

Osma ishlab chiqarish tizimi — JACK mashina displeyiga va dasturiy ta’minotiga ulangan osma ishlab chiqarish tizimini ta’minlaydi.
Ushbu tizimda mahsulotlar (detallar) osma relslar orqali bir operatsiyadan boshqasiga avtomatik ravishda uzatiladi. Natijada qo‘lda tashish jarayoni kamayadi, vaqt tejaladi va ishlab chiqarish oqimi uzluksiz ta’minlanadi.

Aqlli omborlar — ehtiyot qismlar maxsus yorug‘lik (LED) bilan jihozlangan javonlarda saqlanadi. Kerakli detalni topish oson va tez bu esa aniqlik darajasini yaxshilaydi. Mahsulotlar tartibli ravishda zamonaviy omborlarda saqlanadi bu, ya'ni bu holatda mahsulot sifati buzilmasligi va qayta dazmollash kerak bo'lmasligini ta'minlaydi. Yuklarni bir joydan ikkinchi joyga maxsus robot aravachalar avtomatik tarzda olib boradi va joylashtiradi.

Umumiy yechim — JACK osma ishlab chiqarish tizimi, avtomatik kesish, ko‘ylak va shim ishlab chiqarish, poyabzal va kiyimlarni tekshirish, aqlli omborlar hamda saqlash batareyalari va quyosh panellari bilan jihozlashni ta’minlashi mumkin.

BOZORDAGI O'RNI
Sanoat tikuv mashinalari bo'yicha global savdo hajmida 14 yil davomida ketma-ket (2010-2023) 1-o'rinni egallab kelgan.
JACK Kompaniyasi bu sohada yetakchi sifatida tan olingan. Uskuna sifatining yuqoriligi, ishonchliligi va zamonaviy avtomatlashgani tufayli mijozlar orasida doimiy ravishda eng ko'p sotilgan brend sifatida ajralib turadi.

Ehtiyot qismlari va servis xizmati
Italiyada JACK kompaniyasi butun mamlakat bo‘ylab mijozlarga yuqori sifatli ehtiyot qismlar va texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida 336 ta rasmiy dilerlar tarmog‘iga ega. Bu tarmoq har bir mijozga tezkor va ishonchli xizmatni kafolatlaydi, mashinalarning samarali ishlashini doimiy ta’minlaydi.

3 Yillik Kafolat — JACK Italiyada 2023-yil sentyabrdan boshlab barcha elektron komponentlarga 3 yillik kafolat taqdim etadi, chunki ular kompaniya tomonidan bevosita ishlab chiqariladi va uchinchi tomon yetkazib beruvchilardan sotib olinmaydi.

Yirik kompaniyalar bilan mustahkam va uzoq muddatli hamkorlik JACK kompaniyasiga bozorning eng so‘nggi texnologiyalari bilan ilg‘or mahsulotlarni yaratish imkonini beradi. Ushbu strategik sherikliklar innovatsion yechimlar, yuqori sifat va raqobatbardosh mahsulotlar taqdim etishda muhim rol o‘ynaydi.

Sanoatning turli sohalarida faoliyat yurituvchi bir nechta dunyoga mashhur mijozlar JACK tikuv mashinalarini tanlagan. Ularning fikr-mulohazalari kompaniya mahsulotlarining yuqori sifatini, ishonchliligini va samaradorligini tasdiqlaydi.

O’xshash xabarlar

Maslahat uchun biz bilan bog'laning
Uzbekistan
Toshkent sh., Yakkasaroy t., Qushbegi koʻchasi 26
logo
@JACK 2025. Barcha huquqlar himoyalangan
Maxfiylik siyosati
Foydalanish shartlari
JACK – global yetakchi va zamonaviy sanoat tikuv mashinalari jamlanmasi